Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tadi
O‘zbekistonda ikkinchi bor Xalqaro yoshlar sammiti bo‘lib o‘tadi. Shu yilning 24 – 26-mart kunlari O‘zbekiston Ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi (UzTEA) qoshida tashkil etilgan “Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” doirasida Xalqaro yoshlar sammiti o‘tkaziladi.
O‘tgan yilning 25-27 mart kunlarida O‘zbekiston talaba yoshlari va xalqaro vakillar ishtirokida “Milliy qadriyatlar, kelajagimiz poydevoridir” mavzusida ilk bor ishchi tili ingliz tili bo‘lgan Sammit o‘tkazilgandi. Tadbirda qatnashish uchun 1000dan ortiq ariza va murojaatlar kelib tushgan va ulardan 300 nafari saralab olingan.

Bu yilgi Sammitga faol qiziqish yuqoridagi raqamlarning yanada ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. 24 fevral sanasiga qadar davom etgan qabul jarayoni mobaynida 2099 nafar xalqaro va mahalliy qiziquvchi yoshlar tomonidan arizalar kelib tushgani qayd etildi.

Arizalar saralanib, munosib topilgan yoshlarga javob xatlari jo‘natilgan. Xalqaro Yoshlar Sammiti doirasidagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun tadbirning rasmiy sayti - iys.yldp.uz , Facebook (https://www.facebook.com/TashkentYouthSummit/) va Instagram (https://www.instagram.com/iystagramuzb/) tarmoqlaridagi sahifalarini kuzatib borish mumkin.

O‘zMU jurnalistika fakulteti talabasi Mirzayor Erkinov tayyorladi