AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvida iştirok etiş uçun Samarqandga yöl oldi. Rubioga mintaqaga, jumladan, muhim foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaşga sarmoya kiritişdan manfaatdor bölgan 200 dan ortiq amerikalik işbilarmonlar hamrohlik qilmoqda.
«Hozirgina Tramp maʼmuriyatining mamlakatimiz uçun iqtisodiy imkoniyatlarini taʼminlaşni davom ettiriş maqsadida Özbekistonga safarimni boşladim», deya yozgan uning özi X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.
U safarga çiqişdan oldin aeroportda jurnalistlar bilan muloqot qildi va Markaziy Osiyoga taşrifi sabablari haqidagi savolga ham javob berdi.
«Bu şu yetakçilar uçun maʼqul kelgan vaqt böldi. Bu yerda gap faqat Özbekiston haqida emas, Markaziy Osiyoning boşqa törtta mamlakati haqida ham ketmoqda», – dedi u bunga javoban.
Rubio global inqirozlar tufayli muhim strategik taşriflar ortga surilib ketişi, biroq Vaşington hamkor mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidlagan.
«Bu juda muhim munosabatlar. Qayerdadir inqiroz, muammo çiqsa yoki konferensiya bölsa, hamişa öşa yerga şoşilamiz va oqibatda strategik taşriflarimiz bundan aziyat çekadi. Lekin munosabatlarimizni mustahkamlaşni istaganimiz uçun borgimiz keladigan mamlakatlar ham bor. Bir neça hafta oldin Gretsiyaga, undan oldin Lotin Amerikasiga, endi esa Markaziy Osiyoga», – degan u.
Samarqandda 19-oktabr kuni «S5+1» formatida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ taşqi siyosiy idoralari rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi.
Uçraşuvda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari hamda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio iştirok etadi.
Şu kuni Özbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Marko Rubio ikki mamlakat örtasidagi kengaytirilgan strategik şeriklik muloqotining birinçi davrasini ötkazadi.
Tomonlar strategik şeriklikni çuqurlaştiriş, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş hamda mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qiladi.
Şuningdek, AQŞ va Markaziy Osiyo mamlakatlari işbilarmon doiralari vakillari iştirokida uçraşuvlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Samarqanddagi uçraşuvlardan söng AQŞ davlat kotibi Hindistonga yöl oladi.












