Yaponiyaning Ayti prefekturasida elektropoyezd relslardan çiqib ketdi, bir kişi halok böldi, deb xabar bermoqda NHK telekompaniyasi.

Andze şahridagi temir yöl kesişmasida poyezd yengil avtomobil bilan töqnaşgan. Birinçi vagon relslardan çiqib ketdi: avtomobil zarba oqibatida elektr uzatiş tizimi ustuniga kelib urilgan hamda yonib ketgan. Avtomobil haydovçisi halok böldi.

Elektropoyezd maşinistining ma'lum qilişiça, yölda avtomobilni tösiq pastga tuşirilgandan söng körgan, biroq töxtaşga ulgurmagan.

Halokat röy bergan hududda harakat töxtatildi. Politsiya va öt öçiriş xizmati voqea sabablarini örganmoqda. Temir yöl kompaniyasi relslardan çiqib ketgan poyezd tarkibini evakuatsiya qiliş böyiça iş olib bormoqda.