Iroqlik faollar Mösul janubida, Rudju tumani hududida IŞID qurbonlari kömilgan ommaviy qabrni aniqlaşdi. Bu haqda mahalliy aholi vakillaridan biri Muhannad Mahmudga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
Faollar qişloqlardan biri yaqinida jangarilar tomonidan öldirilgan tinç aholi vakillari kömib taşlangan öraga duç kelişgan. U yerdan 15 kişining jasadi qoldiqlari topilgan. Jasadlarning böyniga zanjir boğlangani izlari aniqlangan. Bu kişilar otib taşlangan edi.
Iroq hududidagi IŞIDning oxirgi tayanç nuqtasi bölmiş Mösul şahri şu kunlarda ozod etiliş arafasida. Bu şaharni IŞIDdan qaytarib oliş uçun Iroq hukumati 2016 yilning 17 oktabrida keng kölamli yuriş boşlagandi. 2017 yilning 17 yanvarida şaharning şarqiy qismi Iroq hukumati qöliga ötdi. 24 fevral kuni Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy şaharning ğarbiy qismini ozod etiş uçun amaliyot boşlanganini e'lon qildi. Amaliyotda Iroq armiyasini şia va kurd bölinmalari, şuningdek, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya samolyotlari qöllab-quvvatlamoqda.
Bugun şaharni taşqi dunyo bilan boğlovçi oxirgi yöl ham Iroq harbiylari nazoratiga olindi va endi IŞID şahar içkarisidan jangarilari va harbiy texnikasini olib ketiş imkonidan mahrum böldi.













