BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari boşqarmasi Iroqda IŞID jangarilari tomonidan öldirilgan odamlarning 200 dan köproq ommaviy qabri topilgani ma'lum qilingan dokladni taqdim qildi. Ta'kidlanişiça, BMT xodimlari şu kungaça 202 ta şunday ommaviy qabr topilganini qayd qilişgan. 

Qabrlarning aksariyati Naynavo, Qirkuk, Salohiddin va Anbar viloyatlarida joylaşgan. BMT qömitalarining baholaşiça, bu qabrlarda 6 mingdan 12 minggaça kişi kömilgan bölişi mumkin. Ulkan qabrlarda jangarilar tomonidan öldirilgan ayollar, bolalar va keksalardan taşqari, ularga qöşilişni istamagan minglab politsiyaçilar va harbiylar kömilgan bölişi mumkin. 

Endi ekspertlar qabrlardagi katta miqdordagi jasadlarni çiqarib oliş masalasini hal qilişlari kerak. Tergovçilar va sud ekspertlarining ta'kidlaşiça, qurbonlarning aniq sonini örnatiş genotsid va harbiy jinoyatlar haqidagi işlarni körib çiqiş uçun zarurdir.