Iroqning Anbar viloyati Al-Faluja şahri yaqinida 643 kişining jasadi kömilgan ommaviy qabr topildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanişiça, qabr 2016 yilga oid bölib, öşanda bu hudud IŞID jangarilari tomonidan nazorat qilingan. Mahalliy hokimiyatning taxmin qilişiça, qabrga kömilganlar “al-muhamda” qabilasi a'zolari bölib, ular izsiz yöqolişgan va hanuzgaça ular haqida heç narsa ma'lum emas. 

Qabrdagi jasadlar orasida bolalar jasadlari ham bölgan.

IŞID jangarilari 2014 yil yozida Iroqning uçdan bir qismini egallab olgan. Şu yilning iyunida ular Iroqning yirikligi böyiça 2-raqamli şahri – Mösulni egallab olib, uni öz poytaxtlari deb e'lon qilişgan. 2015 yilda hukumat kuçlari xalqaro koalitsiya kömagida jangarilar bosib olgan hududlarni ozod qiliş böyiça katta kölamli kampaniyani boşlagan. 2017 yil dekabrda Iroq boş vaziri mamlakatda IŞID batamom yöq qilinganini e'lon qilgan.