Rossiya HKK samolyotlari 28 fevral oqshomida Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan arab bo‘linmalari pozitsiyalariga zarba bergan. Bu haqda AQShning Iroqdagi qo‘mondonligi rahbariga asoslanib Reuters agentligi xabar berdi.
Uning aytishicha, hujum oqibatida halok bo‘lganlar bor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslar Al-Bob yaqinida joylashgan jangchilar ustiga aviazarba yo‘llagan.
Hodisaning to‘liq tafsilotlari hozircha ma'lum emas.
O‘tgan oy boshida ham Rossiya aviatsiyasi xatolik tufayli Suriyada IShIDga qarshi kurash olib borayotgan harbiylarga hujum qilgandi. 9 fevral kuni esa Rossiya samolyotlari Al-Bobda xatolik tufayli bergan zarbalar oqibatida Turkiya armiyasining 3 nafar harbiysi halok bo‘lib, 11 nafari jarohatlangandi.
Bundan avvalroq Turkiya harbiylari Suriyada AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kuchlarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi.












