2017 yil 1 mart kuni Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasida Sud ijro departamenti hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Toşkent şahar bölimi boşqaruvi va bölinmalari iştiroki qöşma seminar yiğiliş taşkil etildi. 

Yiğilişda Toşkent şahar davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari Alişer Valiyev, Soliq böyiça qarzlarni majburiy undiriş boşqarmasi boşliği Jahongir Rajabov, Sud ijro departamenti Toşkent şahar hududiy boşqarmasi boşliği Akrom Rustamov va boşqalar iştirok etişdi. 

Seminar vaqtida Özbekiston Respublikasining 2016 yil 27 dekabrda qabul qilingan “Soliq va byudjyet siyosatining 2017 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilingani munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun ijrosini ta'minlaş borasidagi işlar tahlil qilindi. 

Şuningdek, davlat rahbarining 2016 yil 27 dekabrdagi “Özbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va davlat byudjyeti parametrlari töğrisida”gi qarorida belgilangan maqsad va vazifalarning amalga oşirilişi, soliq qonunçiligidagi yangilik va özgarişlar haqida fuqarolarni xabardor qiliş böyiça qilinayotgan çora-tadbirlar muhokama qilindi. 

Soliq kodeksining 56 va 61 moddalariga kiritilgan özgartirişlarga köra, yuridik va jismoniy şaxslar tomonidan soliq qarzi bir yil mobaynida tölanmasa, soliq qarzininng me'yoridan qat'i nazar sudga berilib, sud ijroçilari orqali majburiy undiriş tartibi belgilanadi. 

Yiğilişda boşqarmalar tomonidan sohaga oida qator takliflar berildi:

•  Endilikda sud ijroçilarning 90 foizi mahalla fuqarolari yiğini faollari bilan birgalikda tegişli manzilga borib, soliqlarni majburiy undiriş bilan şuğullanadi;

•  Soliqlarni tölaş uçun moliyaviy jihatdan imkoni bölmagan, kam ta'minlangan insonlarning yaşaş şaroiti mahalla va sud ijroçilari tomonidan tölaqonli örganiladi. Ularga ijtimoiy yordam beriş uçun kam ta'minlangan insonlarning qarzdorligi homiylar tomonidan qoplanişida mahalla raislari, oqsoqollar, qöşnilarning örni juda katta. Şu sababli, kam ta'minlangan oilalarga vazminlik bilan munosabatda bölib, kerakli yordamlarni qöllaş talab etiladi.

•  Endilikda soliq undiriş uçun mahallalarga borilganda, sud ijroçilariga OAV ham biriktiriladi. Bu esa fuqarolarning şaroitini örganib, xolislik bilan işga yondoşişda öz xissasini qöşadi. 

Bundan taşqari, yiğilişda ayrim muammolar hamda yöl qöyilayotgan kamçiliklar muhokama qilindi. Kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan işlar, hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar böyiça çora-tadbirlarni ötkaziş belgilab olindi.