Eng yirik aloqa operatori Beeline milliy matbuot-anjumani doirasida 2016 yildagi faoliyati natijalarini sarhisob qildi.
Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov öz taqdimotida kompaniyaning ötgan yildagi kapital xarajatlari 533 milliard sömga yetganini belgilab ötdi. Bu haqda Beeline Axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Şuningdek, kompaniya Toşkent metropolitenida mobil internetni joriy qiliş loyihasi hali ham davom etayotganini ma'lum qildi.

“Loyiha töxtab qolmagan, biz bu yönalişda işlaşda davom etamiz, poytaxt metropoliteni rahbariyati bilan kelişuvlar olib borilmoqda. Şuni qayd etiş mumkinki, boşlanğiç reja amalga oşirilişga tayyor, biroq obektiv sabablarga köra, ayrim işlar keçiktirilmoqda”, — dedi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov.
Kompaniya ayrim muammolarga qaramay, mazkur loyiha yaqin kelajakda amalga oşirilişiga umid bildirdi.











