Snap ijtimoiy messenjeri aksiyalariga talab yuqori bölgani sababli, birinçi savdo kunidagi natija ança samarali böldi. Bloomberg agentligining xabar qilişiça, buning natijasida tarmoq asosçilarining boyligi 3 mlrd dollarga köpaygan.
Snapchat messenjeri mualliflari Evan Şpigel va Bobbi Merfi 1,5 mlrd dollardan işlab olişdi.
Reuters agentligining xabarlariga köra, Snap aksiyalarining narxi Amerika birjasida sotila boşlanganidan söng 45,7 foizga qimmatlaşgan.
Aktsiyalarning donasi 24 dollardan sotilgan. Ularning boşlanğiç narxi 17 dollar bölgan.
IPO (initial public offering) savdosida fond bozoriga aksiya çiqaruvçi yirik moliyaviy muassasalar (banklar, investitsiya fondlari) kafolati vositasida öz aksiyalarini birjaga joylaştiradi.












