Fransiyalik sobiq futbolçi, 1958 yilgi «Oltin töp» sohibi Raymon Kopa 85 yoşida vafot etdi, deya xabar bermoqda Agency Frans Presse.
Şuningdek, Kopa 1958 yilgi jahon çempionatining bronza medali sohibi edi. Bundan taşqari, fransiyalik futbolçi 1959 yilda Yevropaning ikkinçi yaxşi futbolçisi sifatida «Kumuş töp»ni, 1956,1957 yillarda uçinçi futbolçi sifatida «Bronza töp»ini qölga kiritgandi.

Futbolçi faoliyati davomida Madridning «Real», Fransiyaning «Anjyers», «Stad de Reyms» jamoalari töp surgan. Raymon Kopa Fransiya faxriy legioni ordeni (fransuz milliy ordeni, 1802 yilda Napoleon Bonapart tomonidan ta'sis etilgan, ritsarlik unvoni bilan tenglaştirilgan — Tribuna.Uz izohi) bilan mukofotlangandi.












