FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter Mişel Platini nega taşkilotda öz örniga kela olmagani haqida gapirib ötdi.

«Men heç kimni aldamadim. Bu kelişilgan iş. Ammo unga xalal bergan odam men emasman. Platini şuning uçun FIFA prezidenti bölmadiki, u AQŞ 2022 yilgi JÇ mezbonligini qölga kirita olmagani uçun javobgardir.

Mişel hali qaytişi mumkin. U mendan 20 yoş kiçik. Vaqt uçib ötmoqda. Uning diskvalifikatsiyasida 3 yil ortiqça.

Men hamişa JÇ-2018 Rossiyada, JÇ-2022 esa AQŞda bölişiga umid qilardim. Biz diplomatik yöl tutişimiz mumkin edi.

Ammo Platini Fransiyaning avvalgi prezidenti Nikolya Sarkozi hamda Qatar amiri bilan uçraşganidan keyin [2010 yilning 23 noyabri] u aytgandi: «Mendan Fransiya manfaatlari uçun ovoz berişimni söraşdi. Mening guruhim ijro qömitasida qabul qilingan qaror uçun ovoz bermaydi».

Bu gapdan men karaxt ahvolga tuşgandim.

2010 yilgi JÇ bilan ham şunday bölgandi. Jak Şirak Platiniga aytgan: «Siz JAR uçun ovoz bermaysiz, biz Marokaş bilan yaqinmiz».

JÇ-2022 mezbonligi Qatarga ketganini konvert oçilişidan oldin bilardim», – deya Blatterning sözlarini keltirgan Le Figaro.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning dekabrida Blatter va Platini 8 yil muddatga futbol faoliyatidan çetlatilgandi.

2016 yilning fevralida ikki amaldorning ham diskvalifikatsiyasi 6 yilgaça qisqartirildi. Aprelda esa Platinining apellyatsiyasi asosida uning diskvalifikatsiyasi muddati 4 yilga tuşdi.