Ijtimoiy tarmoqlarda Samsung Galaxy S8 qurilmasining yangi işçi namunasi suratlari paydo böldi. Taqdimotga oz qoldi, bunga qadar olingan ma'lumotlar tasdiqlanmoqda. Hi-Tech yangi smartfon suratlari bilan bölişdi.
Galaxy S8 qurilmasining old panelida tugmalar yöq, ular ekran klavişlariga almaştiriladi. Barmoq izlari skaneri orqa panelga köçirilgan. Şunday ekan, displey deyarli butun "maydon"ni egallaydi. Ekran burçaklari LG G6 smartfoni kabi.
Quloqçinlar, USB Type-C, mikrofon va dinamik avvalgidek smartfonning pastki qismiga ulanadi. Telefonni yoqiş va tovuş baland-pastligini boşqariş tugmalari, an'anaga köra, qurilmaning yon tomonlarida.
Samsung yangi telefonini 29 mart kuni Nyu-Yorkda maxsus tadbirda namoyiş etadi.





















