Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal yerida joylaşgan Gaggenau şahri rahbariyati Turkiyaning adliya vaziri Bakir Bözdagning 2 mart kuni keçki paytga belgilangan nutqini bekor qildi.
Avvalroq bir qator turk vazirlari, jumladan adliya va iqtisodiyot vazirlari Turkiya konstitutsiyasiga tuzatmalar kiritiş böyiça referendum oldidan katta turk diasporasi yaşovçi Germaniyaga taşrif buyurmoqçi ekanliklarini ma'lum qilişgan.
Turkiyaning oliy saylov kengaşi Turkiya konstitutsiyasiga özgartirişlar paketi böyiça referendum ötkaziladigan kun sifatida 16 aprelni belgilagan. Bu referendumda Turkiyaning amaldagi parlament boşqaruv şaklidan prezident boşqaruvi şakliga ötiş böyiça ovoz beriladi.
Berlin va Anqara örtasidagi munosabatlar 27 fevralda Istanbulda turk millatiga mansub nemis jurnalisti Deniz Yujyel hibsga olingandan keyin keskinlaşdi. Jurnalist turk hukumati tomondan "terrorçilik taşkilotida iştirok etiş, ma'lumotlarni qonunga xilof ravişda qöllaş, terrorçilik tarğibotida" gumon qilinmoqda. Germaniya kansleri Angela Merkel Anqaradan jurnalistning ozod qilinişini va OAV erkinligiga amal qilişni talab qilgan.











