Turkiya huquq-tartibot idoralari bugungi kungaça IŞID terrorçilik taşkilotining 50 mingdan köproq şerigining çegarani noqonuniy kesib ötişining oldini olgan. Bu haqda Turkiya boş vaziri Binali Yildirim ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, umumiy hisobda IŞIDning 3500 dan köproq jangarisi hibsga olingan, bu  esa qotilliklar va boşqa jinoyatlarning oldini olgan.

Yildirim terrorçilar Suriyada ta'sir hududini kengaytiriş uçun turli nomlardan foydalanayotganini ta'kidlab ötdi. "Biroq ular nomlanişdan qat'iy nazar, xoh u  YPG yoki PYD böladimi, Turkiya duşmanlarni taniy olişini bilişlari kerak", deb ta'kidlab ötgan Turkiya boş vaziri. 

"Turkiyaning ittifoqdoşlari va döstlari qandaydir harakatlarni amalga oşirişdan avval 100 karra öylab körişlari kerak. Ular kim bilan – yo Turkiya, yo terrorçilar bilan yölni davom ettirişlarini hal qilişlari lozim"", deb ta'kidlab ötdi Yildirim.