AQŞdagi avliyo Frantsisk maktabining vasiylik kengaşi 2012 yilda 15 ming dollarni Snap ijtimoiy tarmoğiga investitsiya qildi. Bu öquvçilardan birining ota-onasi tomonidan berilgan maslahatdan söng qilingan.
Keça esa maktab kompaniyadagi öz uluşining uçdan ikki qismini 24 million dollarga sotib yubordi. Snap öz aksiyalarini NYSE’da bir qoğoz uçun 17 dollar narxi böyiça joylaştirdi. Savdolarning birinçi kuni yakuniga köra, kompaniyaning birjadagi aylanişi 44 foizga ösdi, uning qiymati esa 30 milliard dollardan oşib ketdi.












