Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik qalamiga mansub “Şaytanat” romanining töldirilgan va qayta tahrir qilingan naşri çop etildi.
Yigirma beş yil muqaddam «Şaytanat»ning birinçi kitobi muxlislar e'tiboriga havola etilgan edi. Asarni qiziqiş bilan kutib olingani bois ötgan yillar davomida kitob bir neça marta qayta naşr etildi, unda bayon etilgan voqealar asosida yaratilgan yigirma qismli badiiy film ham tomoşabinlar olqişiga sazovor böldi. Muxlislarning fikrlari, takliflari va mulohazalarini inobatga olib, yozuvçi romanni qayta tahrir qildi, ayrim özgarişlar, qöşimçalar kiritdi. Noörin joylarni qisqartirdi. Şunga köra «Şaytanat» romanining birinçi, ikkinçi va uçinçi kitoblari bir jildga, törtinçi va beşinçi kitoblari esa ikkinçi jildga jamlandi.










