Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sky News: Litva Rossiya bilan gibrid urushiga tayyorlanmoqda
Litva hukumati "agressor"ga qarshi oxirigacha kurashmoqchi, fuqarolar faollari esa "ko‘ngillilar bo‘linmalari"ni tashkil etmoqda, deb xabar qilmoqda Sky News muxbiri Jon Sparks.
Sparks litvalik chegarachilar bilan suhbatda Rossiya bilan chegaralarda balandligi ikki metrlik devor barpo etilayotganidan xabar topgan. "O‘ylaymanki, odamlar o‘zlarini ko‘proq xavfsiz his qilishadi", — degan shartnoma bo‘yicha xizmat qiluvchi askar. Biroq, muxbir "Rossiya va uning ittifoqchisi Belarus shu qadar yaqin bo‘lgan bir vaqtda xotirjam bo‘lish" mumkinligini shubha ostiga qo‘yadi.
"Litvaliklar bugungi siyosiy vaziyatdan dovdirab qolishganki, ularning ko‘pchiligi urushga tayyorlana boshlashgan", — deb yozadi jurnalist.
Sparks Vilnyusda "Merganlar ittifoqi" a'zolari bilan uchrashgan. "A'zolarimiz soni tez sur'atlarda o‘smoqda. Uch yil muqaddam safimizda 50 kishi edi, hozirda ularning soni 3 mingdan ortadi", — deya hikoya qilgan yana bir ko‘ngillilar tuzilmasi faollaridan biri.
Sparksning qo‘shimcha qilishicha, "gibrid urushi" va Litvada joylashtirilgan nemis harbiylariga nisbatan fitna ehtimollari rasmiy Vilnyus tashvishiga sabab bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
15:11
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:24
Zelenskiy: Ukraina tinchlikka to‘siq bo‘lmagan va bo‘lmaydi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi
19:20 / 15.01.2026