Amerikalik aktyor Tom Henks Oq uy matbuot korpusiga qahva damlovçi maşina sovğa qildi, uning yoniga jurnalistlarga haqiqat va adolat uçun kuraşişda davom etiş bildirilgan tilak tuşirilgan qoğoz qöşildi. Hollywood Reporter'da ta'kidlanişiça, Henks haqiqat uçun kuraş söziga alohida urğu bergan. 

Manbaga köra, Tom Henks sovğa qilgan qahva damlovçi maşina Pasquini brendiga tegişli bölib, zanglamaydigan pölatdan yasalgan. Matbuot korpusi jurnalistlari özlarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aktyorga minnatdorçilik bildirişgan. 

Ta'kidlanişiça, bu aktyorning Oq uyga birinçi marta bunday sovğa tortiq qilişi emas. Birinçi marta 2004 yilda qahva uskunasini OAV xodimlarining özlari xarid qilişlaridan xabar topgan Henks ularga şunday sovğa ulaşgan. 

2010 yilda Hollivud yulduzi matbuot konferensiyasidan keyin jurnalistlar uning avvalgi sovğasini tozalaşni unutayotganiga e'tibor qaratgan va tez orada ularga yangi qahva uskunasini yöllagan. 

Foto: Twitter.com/@karentravers
Foto: Twitter.com/@AlliemalCNN
Foto: Twitter.com/@AlliemalCNN