«Har bir prezident Oq uyning egasi emas, balki vaqtinçalik ijaraçisidir. Uni Kongressning ruxsatisiz tubdan özgartira olmaydi» deyiladi Vaşingtonda joylaşgan Kolumbiya okrugi böyiça AQŞ Apellyatsiya sudining 2-1 nisbatdagi qarorida.
«Ulkan bal zali qurilişi kerakmi yoki yöqmi, buni Kongress hal qiladi. Bu ijroiya hokimiyatining özboşimçalik bilan hal qiladigan işi emas», deya sud hay’atining köpçilik a’zolari xulosasini keltirmoqda Reuters.
Uşbu qaror Tarixiy yodgorliklarni saqlaş milliy tresti (National Trust for Historic Preservation) tomonidan yutib olingan dastlabki ehtiyot çorasini öz kuçida qoldirdi. Trest ötgan yili – Oq uy ma’muriyati binoning şarqiy qanotni buzib taşlab, Kongressdan ruxsat söramasdan 8 360 kvadrat metr hududga zal qurişni boşlaganidan keyin sudga murojaat qilgandi.
Milliy trest prezidenti Brent Legs uşbu sud qarori «Amerika xalqining özlari qadrlaydigan tarixiy joylar, şu jumladan Oq uy haqida öz fikrlarini bildiriş huquqi uçun ajoyib kun» bölganini ta’kidladi.
Apellyatsiya sudi Tramp ma’muriyatiga AQŞ Oliy sudiga şikoyat qiliş imkonini beriş uçun öz qarori ijrosini 14 kunga töxtatib turdi.
Tramp şikoyat bermoqçi
AQŞ yetakçisi esa uşbu loyiha xavfsizlik zarurati ekanligini tobora köproq ta’kidlamoqda. Xususan, Tramp juma kuni postida bu inşootni «harbiy markaz» deb atadi va ma’muriyat Oliy sudga apellyatsiya berişini aytdi. U sud qarorini «dahşatli» hamda siyosiy maqsadlarga qaratilgan, deb hisoblamoqda. Trampning aytişiça, bu qaror uni, Oq uyning boşqa rasmiylarini va taşrif buyuruvçilarni «hujum xavfi ostida qoldirişi»ni mumkin.

«Uşbu adolatsiz qaror Oliy sud tomonidan töliq bekor qilinişi kerak», deb yozdi Tramp. Uning sözlariga köra, bal zali rejasi bomba panohlari, tibbiy muassasalar, dron va raketalardan himoya qiliş tizimlari va boşqa xavfsizlik xususiyatlarini öz içiga oladi. Yuqoridagilarning













