Afğoniston hukumati Nangarhor viloyatida IŞID terrorçilik guruhi asiridan 14 kişini ozod eta oldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
"40 kun avval IŞID jangarilari tomonidan Haska Minada öğirlab ketilgan 12 nafar diniy muallim va ta'lim dargohining 2 nafar xodimi bugun ertalab ozodlikka çiqdi", deb aytildi xabarda.
Ta'kidlanişiça, ozod qilinganlar oilalariga qaytganlar. Asirlarni ozod qiliş böyiça operatsiya mahalliy oqsoqollar va hukumat vositaçiligida amalga oşirilgan.












