«Yuventus» boş murabbiyi Massimiliano Allegri katta ehtimol bilan faoliyatini «Arsenal»da davom ettiradi. Bu haqda The Sunday Express xabar tarqatdi.

Naşr ma'lumotiga köra, italiyalik mutaxassis londonliklar klubi bilan kelişuvga erişgan.

Ammo şartnoma Arsen Vengerning öz lavozimini tark etişidan keyin imzolanişi aytilgan. Fransiyalik mutaxassis haligaça qaror qabul qilmayapti.

Bundan oldinroq, Allegri öz faoliyatini Angliyada davom ettirişi borasidagi xabarlarni izohlaşdan boş tortgani xabar qilingandi. Ammo manbaning tasdiqlaşiça, u «Arsenal» bilan hatto qaysi futbolçilarni transfer qilişi borasida ham gaplaşib olgan.