Apple kompaniyasi OLED-displeyli 5,8 dyuymli iPhone 8 qurilmasini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqida Nikkei Asian Review xabar berdi. 

"Joriy yilning kuz oylarida taqdim etiladigan yangi iPhone uç konfiguratsiyada işlab çiqariladi - LCD-displeyli ikki model va OLED-ekranli, 5.8 dyuymli bir model", - deyiladi tahlilçilarning hisobotida. Bundan avval Nikkei manbalari telefonning tönğiç modeli 5,5 dyuym ekranga ega bölişi haqida ma'lumot bergandi. 

Nikkei bilan bir qatorda KGI Securities tahlilçilari ham şunday xabar bilan çiqişgan. Unga köra, Apple flagmani displeyining asosiy sohasi 5,15 dyuymdan iborat. Ekran ostidagi qolgan "maydon"ni "funksional zona" egallagan, unda virtual tugmalar va barmoq izlari skaneri joylaşgan. Bu ikki ekran birgalikda 5,8 dyuym diagonalga ega.