Turkmaniston va Özbekiston global kun tartibining muhim yönalişlaridan biri bölgan barqaror rivojlaniş va uning tarkibiy qismlari – energoxavfsizlik, xalqaro transport-tranzit qatnovining rivojlanişi, ekologiya va atrof-muhitni himoya qiliş böyiça harakatlarni muvofiqlaştirişda davom etadi. Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov va Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Aşxobodda ötkazilgan muzokaralar yakuni böyiça ommaviy axborot vositalari vakillari oldida çiqiş qilib, şunday bayonot berişdi.

Gap barqaror energetika sohasida Turkmaniston va Özbekistonning mintaqadagi keng kölamli energetika loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişi haqida bormoqda. Ular orasida, avvalo, Turkmaniston-Özbekiston-Qozoğiston-Xitoy gaz quvurini tilga oliş mumkin. Bundan taşqari, biz Turkmaniston-Özbekiston-Tojikiston-Afğoniston-Pokiston yönalişi böyiça Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga elektroenergiya yetkazib beriş böyiça hamkorligimizni faollaştirişga tayyormiz, deya xabar qildi Turkmaniston rahbari.

Davlat rahbarlari uşbu uçraşuv Turkmaniston-Özbekiston hamkorligiga sifatli turtki beradi, deya ta'kidlaşdi. Davlatlararo muloqot holati muhokama qilindi, qator xalqaro masalalar böyiça fikrlar almaşildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda Turkmaniston-Özbekiston hamkorligini belgilovçi ikki tomonlama hujjatlar paketi imzolandi.