Bentley kompaniyasi Mulliner’dan Mulsanne Hallmark avtomobillari seriyasini taqdim etdi. Bu haqda «Lenta.ru» marka matbuot xizmatiga asosan xabar berdi. Unga yangi modellar, jumladan Speed va Extended Wheelbase nusxalari ham kirgan.
Çeklangan seriyaga dizayni tilla va kumuş elementlarga ega bölgan 50ta avtomobil kiritildi. Rasmiy premera Jyenevadagi xalqaro avtosalonda bölib ötadi.
2016 yilning bahorida yangilangan Mulsanne’ning rasmiy taqdimot marosimi Jyenevadagi avvalgi xalqaro avtosalonda ötkazilgandi.
Maşina 5,3 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikka çiqa oladi, maksimal tezlik esa soatiga 296 kilometrga teng. Yangi Mulsanne’ning V8 dvigateli muhim texnologiyalar bilan jihozlangan: silindrlarning qisman öçiriliş funksiyasi va gaz taqsimlaş bosqiçlarning özgariş tizimi, bu yoqilği sarfini tejaş imkonini beradi.















