Facebook foydalanuvçilar yolğon xabarlarni aniqlasa, bu haqda oçiq ma'lum qilişi mumkin bölgan funksiyani işga tuşirdi. Endilikda bunday xabarlar yonida ularning haqqoniyligiga şubha bor ekanidan ogohlantiruvçi maxsus belgilar paydo böladi.
Funktsiya Facebook vakillari avval ma'lum qilganidek işlaydi. Ijtimoiy tarmoq yangiliklar lentasida “soxta” xabarni payqagan foydalanuvçilar tegişli post qismlaridan biriga bosişadi hamda bu ma'lumot ularga şubhali bölib tuyulganini bildirişlari mumkin.
Şundan söng xabar ijtimoiy tarmoq bilan hamkorlik qiluvçi maxsus sayt va kompaniya ekspertlari tomonidan tekşiriladi. Agarda axborot haqiqiy emas yoki şubhali deb topilsa, bunday xabar ustida içida undov belgisi bölgan uçburçakli qizil kvadrat belgisi çiqadi. Foydalanuvçi berilgan ilova orqali nima uçun u yoki bu ma'lumot haqiqatga töğri kelmasligini öqib çiqişi mumkin.
Bundan taşqari, Facebook ijtimoiy tarmoq messenjeri foydalanuvçilari “dizlayk”lardan foydanişi mumkinligini e'lon qildi. Pastga börtib turgan katta barmoqli muşt körinişidagi belgilar faqatgina “smayliklar” bölimida bor bölib, “layk”lar böyiça öz fikrini bildirişga möljallanmagan. Ularning asosiy funksiyasi messenjer orqali suhbatdoşi bilan muloqotda tezroq “yöq” deyişni ifoda etiş.
Facebook "dizlayklarni" hozirça faqatgina sinovdan ötkazmoqda, şuning uçun undan barça foydalana olmaydi.
Facebook – dunyodagi eng yetakçi ijtimoiy tarmoqlardan biri. 2004 yilning 4 fevral kuni unga Mark Tsukerberg va uning uç nafar kursdoşi tomonidan asos solingan. Ayni damda Tsukerberg Facebook kompaniyasi rahbari sanaladi. Ijtimoiy tarmoqning har oylik auditoriyasi butun dunyo böylab 1,86 mlrd kişini taşkil etadi.











