Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boşqaruvi raisi etib Suxrob Xolmurodov tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

U 2016 yildan boşqaruv raisining birinçi örinbosari bölib işlab kelgan.

Suxrob Xolmurodov 1973 yilda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2000 yilda Toşkent Moliya institutini tugatgan. 1993 yildan beri bank sohasida işlab keladi.

Taşqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining avvalgi rahbari Saidaxmat Rahimov qayerga işga ötgani noma'lum.