«Oila çaroğboni, jamiyat körki». Prezident Özbekiston xotin-qizlarini bayram bilan tabrikladi
|17:39 / 06.03.201724 99416 min
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4 mart kuni Toşkent şahridagi «Navröz» restoranida bölib ötgan tadbirda mamlakat xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni ÖzA tomonidan taqdim etilgan.
Assalomu alaykum, aziz opa-singillar!
Muhtaram döstlar!
Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizga bahor nafasi kirib kelayotgan yoruğ kunlarda, Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida mana şu muhtaşam koşonada uçraşib turganimdan ğoyat xursandman.
Şu qutluğ ayyom – 8 mart bayrami bilan sizlarni, sizlarning timsolingizda butun mamlakatimiz ayollarini, muhtarama onaxonlarimiz, qadrli opa-singillarimiz, gözal qizlarimizni çin qalbimdan muborakbod etib, barçangizga özimning çuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildirişga ijozat bergaysiz.
Barçamiz uçun aziz va mö'tabar bölgan ayol zoti haqida söz yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida boş egib ta'zim qilamiz.
Yer yuzida muqaddas degan sözga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo uluğlab, ardoqlab yaşaydi. Yurtimizda onalarni şaraflab muhtaşam haykallar bunyod etilgani ham şundan dalolat beradi.
Biz Ona timsolida Vatanimizni, uning gözal va betakror qiyofasini köramiz. “Ona Vatan” degan ibora bejiz aytilmagan, bunda çuqur ma'no bor. Insonni inson qiladigan mana şunday yuksak tuyğu va tuşunçalarni bolalarimiz qalbiga yoşligidan singdirsak, şoirlarimiz, rassomlarimiz, san'atkorlarimiz onalarni, ayollarni tarannum etadigan yangi-yangi asarlar yaratsalar, nur ustiga nur bölur edi.
Ayolni e'zozlaş, ayolga ehtirom körsatiş xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barçamiz qanday kasb, qanday lavozimda işlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uçun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.
Ayniqsa, siz, azizlarning soğlom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazişdagi örningiz va xizmatingizni heç narsa bilan qiyoslab, baholab bölmaydi.
Mavzuga oid
Sizlarning mehr-muhabbatingiz, vafo va sadoqatingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz çaroğon. Sizlar tufayli oilalarimizda tinçlik-osoyiştalik, qut-baraka hukm surayotgani uçun barçangizga har qança tasanno aytsak, arziydi, albatta.
Qadrli yurtdoşlar!
Bugungi kunda Özbekiston xotin-qizlari hayotimizning barça soha va tarmoqlarida özlarini töla namoyon etib kelmoqda.
Sizlar davlat va boşqaruv idoralari, vakillik organlarida, işlab çiqariş, tadbirkorlik va fermerlik tarmoqlarida, ijtimoiy sohalarda samarali mehnat qilib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşmoqdasiz.
Bu haqiqatni xalqimiz, jamiyatimiz yaxşi biladi va yuksak qadrlaydi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida 514 nafar fan doktori, 6 nafar akademik, 15 nafar Özbekiston Qahramoni, 17 nafar senator, 15 nafar Qonunçilik palatasi deputati borligini, şuningdek, mahalliy Kengaşlar deputatlarining 23 foizidan ziyodini aynan ayollarimiz taşkil etişini alohida ta'kidlaş lozim.
Önlab opa-singillarimiz “Özbekiston fan arbobi”, “Özbekiston xalq şoiri”, “Özbekiston xalq öqituvçisi”, “Özbekiston xalq artisti” singari davlatimizning yuksak faxriy unvonlariga sazovor bölganlar. Şular qatorida 240 nafar yoş iste'dod egasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan va ularning safiga bu yil yana 15 nafar iqtidorli qizimiz qöşilmoqda.
Biz bugun özining fidokorona mehnati, erişgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat işlaridagi faol iştiroki, ibratli fazilatlari bilan xalqimiz örtasida obro‘-e'tibor qozongan yuzlab opa-singillarimizning nomlarini hurmat bilan tilga olamiz.
Ayniqsa, Özbekiston Qahramonlari, qişloq xöjaligi sohasi fidoyilari Xalçaxon Mirzayeva, Patilaxon Ergaşeva, Siyosatxon Abdullayeva, mahoratli pedagoglar Manzura Madaliyeva, Mavluda Ismatova, Vera Pak, Anora Mahmudova, Muhabbat Şaropova, atoqli navoiyşunos olimamiz Suyima Ğaniyeva, ustoz şifokorlar Malika Abdullaxöjayeva, Oyşaxon Qöçqorova, Onesiya Saitova, qöli gul hunarmandlar Muyassar Temirova, Martiya Rahmatova barçaga örnak va namuna bölib kelmoqdalar.
Şular qatorida taniqli akademiklarimiz Maşhura Mavloniy, Ra'no Ubaydullayeva, Sayyora Raşidova, Anna Gluşenkova, Muhabbat Abidova, Özbekiston xalq şoiralari Oydin Hojiyeva, Halima Xudoyberdiyeva, Enaxon Siddiqova, Özbekiston xalq artistlari Yayra Abdullayeva, Töti Yusupova, Galina Melnikova, Munojot Yölçiyeva, Gavhar Zokirova singari ayollarimiz xalqimiz orasida ma'lum va maşhurdirlar.
Mirişkor fermer va tadbirkorlar Lolaxon Murodova, Raşida Yodgorova, Dilfuza Musayeva, Sarvinoz Şokirova, Zulfiya Oçilova, Zebixon Rustamova, Rayhon Rahmonova, Anna Dobrix, Zulxumor Ermatova, zaxmatkaş ustoz va murabbiylar Agrepina Şin, Jamila Baymuratova, Valentina Nedikova, Tohira Islomova, Yelena Kuçerenko, Sayyora Umarova, jonkuyar mahalla raislari va maslahatçilari Gulbahor Sultonova, Marhamat Maqsudova, Buviniso Hamroyeva, Guljahon Ibraimova, Feruza Hasanova, mohir şifokorlar Feruza Ermatova, Diloromxon Toşboltayeva kabi opa-singillarimiz samarali mehnat qilib, baxt topgan insonlardir.
Ana şunday hurmatli ayollarimizning köpçiligi bugungi uçraşuvda iştirok etayotgani davramizga yanada fayz bağişlab turibdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta'lim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat va san'at sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizi – şunga e'tibor bering, 72 foizi – aynan xotin-qizlardir.
Mahalla raislari va faollarining aksariyat qismini ayollar taşkil etadi. 8,5 mingdan ortiq opa-singillarimiz mahallalarda diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi sifatida faol iş olib bormoqdalar.
Hurmatli döstlar!
Barçamizga yaxşi ma'lum, ötgan yigirma beş yil mobaynida xalqimiz öta oğir sinov va maşaqqatlarni, turli qiyinçiliklarni yengib, ulkan yutuq va natijalarni qölga kiritdi.
Bunday marralarga erişişda oilada, mehnat jamoalarida, umuman, jamiyatimizda eng katta boyligimiz bölgan tinçlik va barqarorlik, özaro hurmat, mehr-oqibat muhitini saqlaş va mustahkamlaşda yurtimiz xotin-qizlarining donoligi, sabr-qanoat va matonati, şukronalik, oilaga sadoqat kabi ibratli xususiyatlari hal qiluvçi ahamiyatga ega böldi. Mana şunday olijanob, haqiqatan ham buyuk insoniy fazilatlaringiz uçun sizlarga yana bir bor öz nomimdan, el-yurtimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildirişni özimning burçim deb bilaman.
Aziz opa-singillar!
Yer yuzidagi har qaysi jamiyatning madaniy darajasi uning ayollarga bölgan munosabati bilan belgilanadi.
Bu, albatta, isbot talab qilmaydigan haqiqatdir.
Şuning uçun ham mustaqillikning birinçi kunlaridan boşlab xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlaş, ular uçun munosib mehnat va turmuş şaroitini yaratib beriş, qobiliyat va salohiyatini röyobga çiqariş masalasi yurtimizda davlat siyosati darajasiga kötarildi. Şu asosda onalik va bolalikni himoyalaş, oila institutini qöllab-quvvatlaş, ayollarning oğirini yengil qiliş, ularning jamiyat hayotidagi nufuzini oşiriş borasida ulkan işlar amalga oşirildi.
Bu haqda gapirganda, barçamiz Birinçi Prezidentimiz, muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimovning ayol zotiga, mamlakatimiz xotin-qizlariga yuksak hurmat, doimiy e'tibor va ğamxörlik körsatib kelganliklarini bugun yana bir bor eslaymiz. U kişining:
“Ayol baxtli bölsa, oila baxtli, oila baxtli bölsa, jamiyat mustahkam”
degan çuqur ma'noli sözlari amaliy harakatlarimizda qöllanma bölib kelmoqda.
Biz ana şu ezgu da'vatga amal qilib, mamlakatimizda boşlangan keng kölamli işlarni yangi bosqiçga kötarişni öz oldimizga asosiy maqsad qilib qöyganmiz.
Özbekistonimizni yanada rivojlantiriş böyiça yaqinda qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning uzviy qismi bölgan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi avvalambor ana şu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bizning yaqin va uzoq kelajakka möljallangan siyosatimizda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan sotsial masalalarni hal etiş birinçi öringa qöyilmoqda. Bu odamlarni uy-joy bilan ta'minlaş, soğliqni saqlaş tizimini tubdan isloh qiliş böladimi, aholini arzon va sifatli dori-darmon vositalari bilan ta'minlaş böladimi, savdo va transport xizmati, elektr, tabiiy gaz, içimlik suvi ta'minotini yaxşilaş böladimi, bolalar boğçalari, yangi maktablar, san'at va sport inşootlari, ravon yöllar quriş böladimi – bularning barçasi böyiça biz aniq dastur va rejalarni işlab çiqqanmiz va ularni sözsiz amalga oşiramiz.
Biz joriy yilning özida qişloq joylarda yangi namunadagi 15 mingta arzon uy-joy qurişni boşlab yubordik.
Ana şunday yangi uy-joy massivlarida zarur infratuzilma tarmoqlari, jumladan, 415 kilometrdan ziyod içimlik suvi, qariyb 300 kilometr elektr, 320 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari barpo etiladi. Ya'ni bu uy-joylar yaxlit bir kompleks bölib şakllanadi. Şuningdek, mamlakatimiz böyiça minglab kilometrlik magistral va içki yöllar quriladi va ta'mirlanadi.
Yurtimizda ayollar va yoşlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, oilaviy tadbirkorlik va kasanaçilikni rivojlantiriş maqsadida 2017 yilda tadbirkor ayollar uçun 1 trillion söm, ta'lim muassasalarini bitirib çiqadigan 10 mingga yaqin yoşlarimiz uçun 60 milliard söm kredit mablağlari ajratiş közda tutilmoqda.
Biz soğliqni saqlaş sohasida yuqori texnologiyalarga asoslangan, ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarining hududlarda ham faoliyat körsatişiga jiddiy e'tibor qaratmoqdamiz. Bu olis viloyat va tumanlarimizda yaşayotgan aholiga qanday yangi imkoniyat va qulayliklar tuğdirişini, öylaymanki, tuşuniş qiyin emas.
Misol uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasini oladigan bölsak, bu yerda Toşkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida köp tarmoqli bolalar klinikasi qurilişi jadal olib borilmoqda. Bu şifoxona yaqin kelgusida Orolböyi mintaqasidagi bolalar salomatligi böyiça yirik markazga aylanadi.
Xorazm viloyatida esa Rossiyaning A.Bakulev nomidagi maşhur klinikasi bilan hamkorlikda yurak-qon tomir jarrohligi böyiça tibbiy markaz qurilişi boşlandi.
Ayni vaqtda Termiz şahrida Respublika urologiya, Köz mikroxirurgiyasi hamda Ginekologiya va akuşerlik ilmiy-amaliy markazlarining filiallari barpo etiladi.
Şular qatorida Qaşqadaryo viloyatida Respublika kardiologiya va Endokrinologiya markazlarining filiallarini bunyod etiş böyiça ham amaliy işlar boşlab yuborildi.
Biz qişloq vraçlik punktlari faoliyatini, tez yordam xizmati, profilaktika va patronaj tizimini yanada takomillaştiriş borasida ham keng miqyosda iş olib bormoqdamiz.
Öylaymanki, “Inson manfaati har narsadan uluğ” degan ezgu ğoyani amalga oşirişga qaratilgan bunday işlarning ahamiyatini xalqimiz, avvalambor, siz, aziz ayollarimiz hammadan köra yaxşi tuşunasiz.
Men joylarda bölib, xalqimiz vakillari, muhtarama ayollarimiz bilan muloqotda bölganimda, ularning quvonç va taşvişlari bilan yaqindan tanişganimda, turli qiyinçilik va muammolarga qaramasdan – hayot özi heç qaçon muammosiz bölmaydi – opa-singillarimizning orzu-intilişlari, hayotga, ertangi kunga katta işonç bilan qarayotganini körib xursand bölaman. Çunki biz öz oldimizga qöygan ulkan maqsad va vazifalarni amalga oşirişning eng muhim şarti, eng asosiy zamini ham aslida xalqimizning mana şunday işonçidir.
Qadrli opa-singillar!
Barçamizga yaxşi ayon, bugungi şiddatli zamon, dunyodagi ayovsiz raqobat muhiti bizdan juda katta mas'uliyat va safarbarlik bilan işlaşni, hamma sohada yangiça yondaşuvlarni talab etmoqda.
Mana şunday keskin şaroitda biz yurtimizda tinçlik va osoyiştalik, fuqarolar va millatlar örtasida hamjihatlik muhitini köz qoraçiğidek asraşimiz zarur. Ayniqsa, farzandlarimizning qalbi va ongini yovuz xavf-xatarlardan himoya qilişga eng dolzarb vazifa, deb qaraşimiz kerak.
Agar biz ta'lim-tarbiya, madaniyat va ma'naviyat sohasidagi işlarimizni aniq tizim asosida taşkil etib, ularning samaradorligini oşirmasak, ertangi kunimizni qurolmaymiz, öz maqsadlarimizga yetolmaymiz.
Bu borada
“Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona”
degan şior doimiy kun tartibida turişi lozim. Biz yoşlarimizni milliy va umumbaşariy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etişimiz zarur. Bunday ğoyat muhim vazifani amalga oşirişda biz avvalo köpni körgan kayvoni onaxonlarimizga, mahalla faollariga, muhtaram faxriylarimizga, siz, aziz opa-singillarimizning aql-zakovatingiz, bilim va tajribangizga tayanamiz.
Oilalarda tibbiy, huquqiy madaniyatni yuksaltiriş, kasb-hunar kollejlari, oliy öquv yurtlarini bitirib çiqayotgan yoşlarimizni, avvalambor, qiz bolalarni iş bilan ta'minlaş davlat idoralarining birinçi galdagi vazifasi bölişi şart.
Ayniqsa, qizlarimizning salomatligini asraş, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlar egasi bölib voyaga yetişi, jamiyatda öz munosib örnini topişi uçun biz barçamiz – ota-onalar, jamoatçilik, mutasaddi rahbarlar javobgarlik va mas'uliyatimizni yanada kuçaytirişimiz zarur.
Nega deganda, qiz bola – bölğusi oila bekasi, kelajagimiz egasidir. Bugun biz ularga qanday ta'lim-tarbiya bersak, ertaga ular yangi avlodimizga şunday tarbiya beradi.
Biz odatda jamiyatimiz hayotiga qarşi qaratilgan xavf-xatarlar haqida gapirganda, köpinça çetdan kiradigan tahdidlarni tuşunamiz. Lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinç va yoruğ hayotimizga soya solib turibdi. Loqaydlik, bir-birini körolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qöni-qöşnilar örtasidagi kelişmovçilik, ayollarga bepisand qaraş – bunday yaramas illatlar bizga, bizning xalqimizga mutlaqo yaraşmaydi.
Bunday noma'qul holatlarni bartaraf etiş uçun biz har tomonlama çuqur öylab, muntazam ravişda iş olib borişimiz kerak. Şu maqsadda biz mahalliy hokimliklar va içki işlar tizimini, “Mahalla” va “Nuroniy” jamğarmalari tuzilmasini tubdan özgartirdik, ularga yoşlar bilan işlaydigan qöşimça ştatlar berdik.
Ayni şunday islohotlarni biz Respublika Xotin-qizlar qömitasi va uning joylardagi tuzilmalari böyiça ham amalga oşirişni rejalaştirganmiz. Qömita va uning hududiy bölinmalari vakolatlarini yanada kengaytiriş, ularning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, opa-singillarimizning mehnatini munosib baholaş va rağbatlantiriş, buning uçun yangi imtiyoz va imkoniyatlar tizimini yaratiş böyiça aniq çora-tadbirlar közda tutilmoqda.
Bularning barçasi yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi örni va ta'sirini oşiriş, ularning hayotiy manfaatlarini yanada keng ta'minlaş kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Munis va mehribon opa-singillar!
Gözallik va nafosat ayyomi – 8 mart bayramini biz har safar katta quvonç va hayajon bilan kutamiz. Çunki bu qutluğ ayyom qalbimizda, yuragimizda sizlarga bölgan çeksiz mehrimiz, hurmatimizni izhor etiş uçun yana bir katta imkoniyat beradi.
Şu ma'noda, agarki bu bayram bizning hayotimizda bölmagan taqdirda ham mö'tabar onalarimiz, munis opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizning hurmati uçun bunday bayramni albatta taşkil etgan bölardik.
Nega deganda, sizlarning doimo mana şunday oçilib, hayotdan, taqdirdan rozi bölib, yayrab-yaşnab yurişingiz uçun, sizlarning baxtu saodatingiz uçun biz doimo sidqidildan xizmat qilişga tayyormiz.
Ilohim, mana şunday quvonçli kunlarimiz köp bölsin!
Sizlarni bugungi qutluğ bayram bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini körişni tilayman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi