Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampga AQŞ milliy bayrami – Mustaqillik kuni hamda mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tabrik yölladi.

“Sizga hamda döst Amerika xalqiga köp millatli Özbekiston xalqi nomidan eng samimiy tabriklar va ezgu tilaklarni yöllaşdan ğoyat mamnunman.

Sizning dadil va şijoatli rahbarligingiz ostida AQŞ iqtisodiy qudrati va ta’sirini yanada oşirib, global taraqqiyot hamda xavfsizlikni ta’minlaşda muhim örin tutmoqda, barça davlatlar bilan amaliy hamkorlik aloqalari jadal rivojlanmoqda”, – deyiladi maktubda.

Şavkat Mirziyoyev bunday ijobiy jarayonlar Özbekiston va AQŞ örtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratayotgani, özaro hurmat, işonç va muştarak manfaatlarga asoslangan munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotganini ta’kidladi.

Maktubda özaro savdo hajmini oşiriş, qöşma investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, muhim mineral resurslar va innovatsion kooperatsiya sohalaridagi hamkorlikni çuqurlaştiriş ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yönalişlari hisoblanişi qayd etildi.

Şuningdek, xavfsizlik sohasidagi muloqot va amaliy şeriklikni yanada mustahkamlaşdan manfaatdorlik bildirildi. Noqonuniy migratsiya, terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatçilik, narkotik vositalar noqonuniy aylanişi va boşqa zamonaviy tahdidlarga qarşi kuraşişda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kengaytiriş dolzarb ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.

Özbekiston rahbari mintaqaviy va global formatlar, avvalo, «S5+1» platformasi, BMT hamda boşqa xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlik prezident Donald Trampning faol qöllab-quvvatlaşi bilan sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilişiga işonç bildirdi.

Şu örinda Şavkat Mirziyeyov joriy yil dekabr oyida Mayami şahrida bölib ötadigan “Katta yigirmalik” sammiti doirasidagi uçraşuvni katta qiziqiş bilan kutayotganini ta’kidladi.