Rossiyaning Novosibirsk şahridagi Pervomaysk tumanida dökon, AYoQŞ va lombardga bosqinçilik yöli bilan hujum qilişda gumonlanganlar qölga olindi.

«Dökonni ömarişda gumonlanganlar qölga olindi. Bu voqea 18 yanvar, tungi soat 3 da röy bergan. Uç şaxs qirqma miltiq bilan kirib kelgan, ulardan biri pullarni berişni talab qilgan. Xullas, 25 mingni olib, qoçib ketişdi», - deya xabar berdi Pervomaysk tumani politsiya bölimi vakili NGS.NOVOSTI muxbiriga.

Ehtimoliy bosqinçilarga qöşni uylarda örnatilgan kuzatuv kameralaridagi videoni örganiş orqali çiqişgan. «Yozuvlarda jinoyatçilar avvaldan tayyorgarlik körgani, qayerdan kelgani körindi, şuningdek yuz qiyofalarini ham farqlaş mumkin. Yana bir juda muhim holat – ulardan biri telefonda gaplaşayotganini kördik. Huquq-tartibot idoralari xodimlari yozuvdagi aniq vaqtni körsatib, uyali aloqa operatoriga murojaat etişdi va telefonni yaxşirin ravişda eşita boşladilar. Ma'lum bölişiça, jinoyatçilarning 2 nafar hamtovoği ham bölib, AYoQŞ va dökonga hujum qilişga tayyorgarlik körişgan», - deya aytib ötişgan köçadagi kuzatuv kameralariga egalik qiluvçi korxona vakillari.

Politsiyaçilar bir oy davomida telefon suhbatlarni eşitişdi, biroq AYoQŞ va boşqa dökonlarga hujumlar doimiy ravişda ortga surilib kelgan, deya aytib ötgan politsiyadagi manba.

Yakunda guruh a'zolari öz turar-joylarida qölga olindi.

Politsiya ma'lumotiga köra, guruhning ikki a'zosi mahalliy fuqarolar bölib, avval bosqinçilik, öğirlik va avtomobil olib qoçiş uçun sudlanişgan. Ularga Özbekiston fuqarosi rahbarlik qilgan. Barça qölga olinganlarning yoşi – 30gaça. Politsiyadagi manbaning aytişiça, guruh tarkibida ikkita ma'lumot yetkazib beruvçi yoş qizlar ham bölgan.

Pervomaysk tuman politsiyasining xabar qilişiça, guruhning ehtimoliy rahbari AYoQŞni tunaşda öz aybini tan olgan, bu holat ötgan yilning dekabrida Oktyabrsk tumanida röy bergan.