Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanches «Arsenal» bilan xayrlashmoqchi ekanini ma'lum qildi
«Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Sanches yozgi transferlar vaqtida klubni tark etadi.
The Times nashri ma'lumotiga ko‘ra, chililik 28 yoshli futbolchi londonliklar klubi rahbariyatiga ketish istagi haqida bildirgan.
Xabar qilinishicha, Sanches Chempionlar ligasining nimchorak finalida «Bavariya»ga qarshi kechgan va 1:5 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin jamoadoshlaridan norozi bo‘lgan, u va Aleks Oksleyd-Chemberlen o‘rtasida nizo yuzaga kelgan.
Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger ham Sanchesning xudbinona harakatlaridan norozilik bildirgan va u bilan tarbiyaviy suhbat o‘tkazgan. U o‘tgan haftada futbolchini «Liverpul»ga qarshi o‘yinning boshlang‘ich tarkibiga kiritmadi. Bunga u o‘yindan oldingi mashg‘ulotlar vaqtida jamoadoshlari bilan janjallashgani va jamoa bazasidan ketib qolgani sabab bo‘lgan.
Sanches uchun asosiy da'vogar «PSJ» klubi sanalmoqda. Londonliklar jamoasi bilan shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgan futbolchini «Yuventus» ham qo‘lga kiritishni istamoqda.
Mavzuga oid
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026
«Siti» deyarli kurashdan chiqdi, Gulerdan shedevr gol. Kun o‘yinlari
12:09 / 12.03.2026