YeÇLda sensatsiyalar kuni. «Bavariya» 3 ta, «Inter» 4 ta ötkazdi
|12:39 / 14.10.202618 34014 min
Seşanba oqşomida Çempionlar ligasi umumiy guruh bosqiçida 2-tur doirasida 9 uçraşuv bölib ötdi. Norvegiyadagi öyinda Olisening tuşunarsiz harakatlari «Bavariya»ga qimmatga tuşdi; «Arsenal» 3 ta, «Barsa» 4 ta gol urdi va turnir jadvalida peşqadam bölib oldi; Rahmonaliyev «Saboh» bilan ilk ğalabaga erişdi; «MU»da inqiroz davom etmoqda.
Tiğiz taqvimni hisobga olgan holda Mikel Arteta YEÇL guruh bosqiçi öyinlarida aralaş tarkibni taşlamoqda: «Lill»ga qarşi öyinda Merino, Yokereş va Eze kabi futbolçilarga imkon berildi, Edegor, Havers va Saka zaxirada qoldirildi. Öyinning birinçi bölimi birgina Uedaning bekor qilingan goli bilan yodda qoldi. Yaponiyalik hujumçi Gabriel bloklagan zarbadan keyin töpga birinçi bölib yetib kelgandi, ammo u zarba berilişi vaqtida ofsaydda qolgani oydinlaşdi.
Ikkinçi bölimda esa londonliklar darajadagi farqni körsatib qöydi: öng qanot himoyaçisi Timber raqib jarima maydoniga kirib borib, haqiqiy hujumçilardek harakat qildi va töni himoyaçi oyoqlari orasidan ötkazib, ötkir burçakdan kuçli zarba berdi. Öşa zahoti Arteta hujumdagi asosiy ijroçilarini maydonga taşladi va raqibni uzil-kesil taslim etdi. Avvaliga Bukayo Saka Ezeni golli pas bilan taʼminladi. Keyin esa Edegor va Haversning kombinatsiyasidan keyin u markaziy hujumçi pozitsiyasida paydo bölib, yakuniy hisobni örnatdi – 3:0.
«Barselona» öyinda birinçi bölim gol ötkazib yuborgan bölsa-da, yana yirik hisobda ğalaba qozondi. Turklarning rossiyalik legioneri Aleksey Batrakov Leauning pasidan keyin raqib jarima maydonida heç qanday qarşilikka uçramasdan hisobni oçdi. Bölim davomida mezbonlar yana bir bor kataloniyaliklar darvozasini işğol etişdi, ammo Osimhenning boşda yöllagan zarbasidan keyin töp darvozaga borib tuşdi, ammo videotakrordan keyin zarba vaqtida ofsaydda bölgan Yilmaz darvozabonni çalğitgan deb topildi va gol bekor qilindi.
Mavzuga oid
Bölim oxirida Kanselu yana bir bor katta sahnaga çiqib, hisobni tenglaştirdi, ikkinçi bölimda esa Yamal yorqin öyin körsatdi. Uning ikki golli pasi öyin taqdirini hal qildi. Ikkinçi assist – tur bezagiga aylandi.
Two special Lamine Yamal assists 😮💨 Who did it best here? 🅰️ @lays_football | #UCLassists https://t.co/imMpJxn7D9
«Galatasaroy» startdagi ikki öyinda ham yutqazib, turnir jadvalining sönggi qismida, «Barselona» esa ketma-ket ğalabalardan keyin turnir jadvalini boşqarmoqda.
Olise «Bavariya»ni uyaltirdi
«Viking» – «Bavariya» 3:3 Gollar: Stensness, 2 (1:0). Kristiansen, 38 (2:0). Keyn, 54 – penalti (2:1). Keyn, 60 (2:2). Dias, 71 (2:3). H. Haugen, 90 (3:3) «Viking»: Estbe, Stensness, Falhener, K. Haugen (Dalann, 59), Heggheym (Vevante, 85), Bell (Egeskog, 85), Askildsen, Berdal (H. Haugen, 72), Tripiç, Kristiansen, Botheym (Moi, 85) «Bavariya»: Urbig, Kim Min Je, Ta (Upamekano, 46), Braun (Deyvis, 46), Laymer, Kimmih, Bişof, Karl (Saybariy, 46, Ito, 83), Dias (Stanişiç, 76), Olise, Keyn Ogohlantirişlar: K. Haugen, 53. Dalann, 67 – Laymer, 52. Saybariy, 68. Olise, 73 Çetlatiş: Olise, 73 (ikkinçi sariq)
«Viking» ikkinçi daqiqadayoq «Bavariya» darvozasini işğol etib, tarix yozdi. Noyerning salomatligida yuzaga kelgan muammolardan keyin uning örnini egallagan Urbig Stensnessning zarbasi qarşisida ojiz qoldi. Keyin esa norvegiyaliklar myunxenliklar şturmiga doş berdi va qarşi hujumda raqibni jazolab, tanaffusga sensatsion hisob bilan yöl oldi.
Vensan Kompani voqealarning bunday rivojiga tanaffusda uçtalik özgariş bilan reaksiya qildi va bu öz samarasini berib, 60-daqiqagaça hisob tenglaşdi. Keyn avvaliga Laymer işlagan penaltidan hisobni qisqartirdi, keyin esa Kimmihning uzatmasini boşda yöllagan zarbasi bilan golga aylantirdi. Ingliz hujumçisining YeÇLdagi golli seriyasi töqqiz öyinga yetdi. Bölim davomida Harri töpni himoyaçilar ortiga taşlab berib, bu töpga yetib borgan Laymer esa Diaşni golli uzatma bilan taʼminladi va sensatsiyani bekor qilgandek böldi.
Ammo şu pallada Olise «Bavariya»ni noqulay holatda qoldirdi. Jamoa yetakçilaridan bölgan fransuz vingeri bir daqiqa içida ikki sariq kartoçka oldi va maydonni tark etdi: u avvaliga töpni oldirgaç, raqibni uşlab qoldi, öyin töxtatilganida esa töp bilan raqib futbolçisining boşiga urdi.
Qolgan vaqt mobaynida bir kişi köp bölib öynagan vikinglar sönggi daqiqalarda hisobni tenglaştirişdi va favoritni qimmatli oçkolardan mahrum etişdi.
Asosiy ranglari qora-kök bölgan bu ikki jamoa töqnaşuvi kutilgan ssenariyda keçmadi. Birinçi bölim örtalaridan ötganda Hoqon Çalxonöğli jarima maydonida fol işlatdi, belgilangan penaltini esa Tresoldi golga aylantirdi. Turkiyalik yarimhimoyaçi aybini yuviş uçun yaxşi imkoniyatga ega bölgandi, ammo uning jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasidan keyin töp tösinga tegdi. Milanliklar baribir bölim oxirida sobiq jamoadoşi Zommerni ajoyib kombinatsiya bilan doğda qoldirişdi. Bu hujum davomida Dimarko tovoni bilan pas berdi, Lautaro esa jarima maydoni içida ajoyib harakat qilib, korpus qöyiş orqali himoyaçini yöldan oldi va ögirilib, burçak tomon aniq zarba yölladi.
Ikkinçi bölim boşida esa şveysariyalik darvozabon argentinalik töpurarning yaqin masofadan yöllagan zarbasini qaytarib, öziga xos revanş oldi. Şu kuni 9 ta seyv ijro etgan Zommerning neradzurrilar darvozasida qolgan merosxöri Xosep Martines esa jamoasini uyaltirdi. U avvaliga töpga çiqişda xatoga yöl qöydi va Tresoldi böş darvozani işğol qildi. Keyingi vaziyatda esa hujumçining oyoqlari ostiga töpni taşlab berdi. Het-trik qayd etgan Tresoldi Adeyemining rekordini yangilab, turnirda bir öyinda uç gol urgan eng yoş germaniyalikka (22 yoş-u 54 kunlik) aylandi.
Keyinroq Verman «Bryugge»ning törtinçi golini urib, öyin taqdirini hal qildi. Bonnining qöşimça daqiqalarda urgan goli amalda heç narsani özgartira olmadi. Kristian Kivu şogirdlari YeÇLning bu mavsumini ketma-ket ikki mağlubiyat bilan boşlamoqda. Qolaversa, «Inter» YeÇLda ötgan mavsumni ham qöşib hisoblaganda qatorasiga tört öyinda yutqazmoqda.
«MU» fanatlari azoblanişda davom etmoqda. Madridda mehmon bölgan Kerrik şogirdlari ilk soniyalardayoq gol ötkazib yuborişdi: Barrios töpga bir teginişdayoq darvozani işğol qildi, Heven esa töpga yeta olmadi. Şundan keyin «Yunayted» taşabbusni qölga oldi, ammo vaziyatlardan foydalanişda oqsadi. Ikkinçi bölimda esa Yoro qöpol harakati uçun qizil kartoçka olib, öyinni qutqarib qoliş vazifasini yanada qiyinlaştirdi. Qizildan köp ötmay Lukman öyin masalasini hal qildi: Lammensning seyvidan keyin töpga barçadan birinçi bölib yetib keldi. Bu «Yunayted» tarixidagi eng yomon start bölmoqda: «qizil iblislar» bungaça heç qaçon mavsum startida töqqiz öyindan keyin bunçalik yomon körsatkiç qayd etmagandi (ikki ğalaba, uç durang va tört mağlubiyat).
YeÇLning ötgan mavsumini öta muvaffaqiyatsiz ötkazgan va turnirda qatorasiga yetti öyindan buyon yutqazayotgan «Vilyarreal» bu öyin oldidan asosiy darvozaboni Gulaçining yordamidan foydalana olmasligi maʼlum bölgandi, öyin kuni tongda uning uyiga qurolli hujum uyuştirilgan. Vengriyalik posbon örnini egallagan Junior esa startdayoq gol ötkazib yubordi, ammo bu vaziyatda unga eʼtiroz qilib bölmaydi. U «Napoli»ning faxriy himoyaçisi Rrahmanining murakkab zarbasini qaytargandi, ammo takroriy zarba qarşisida ojiz qoldi.
Köpçilik «Vilyarreal» YeÇLda qatorasiga sakkizinçi öyinda ham yutqazişini taxmin qila boşlagandi, ammo uç daqiqa içida barçasi özgarib ketdi. «Napoli»ning faxriy futbolçilaridan yana biri Politano öta qöpol xatoga yöl qöydi: u töpni Milinkoviç-Saviçga uzatişda sustkaşlik qildi va töpga ega çiqqan Mikautadze darvozabonni aldab ötib, hisobni tenglaştirdi. Köp ötmay Santiyago Mourinio jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi. Şundan keyin mehmonlar öyinga qayta olişmadi, öyin oxirida esa Oluvaseyi uçinçi golni ham urdi. Şu tariqa, «Vilyarreal»ning turnirdagi mağlubiyatlar seriyasi 8-öyinda, ğalabasiz seriyasi 12-öyinda töxtadi. «Napoli» esa YeÇLda qatorasiga ikkinçi öyinda yutqazdi va Maksimilliano Allegrining kursi qimirlay boşladi.
Ozarboyjonliklar klubi YeÇLga tasodifan çiqib qolmaganini isbotladi: özbekistonlik yarimhimoyaçi Umarali Rahmonaliyev bilan birga bu jamoa «Slaviya»ni mağlub etgan holda turnirdagi ilk oçkolarini qölga kiritdi. Perris birinçi bölimdayoq hisobni oçgandi, ammo VAR ofsayd qayd etib, golni bekor qildi. Uşbu yamaykalik hujumçi ikkinçi bölim boşida baribir öz maqsadiga yetişdi va bu safar golni heç kim bekor qila olmadi. Öyin oxirida esa mehmonlar darvozaboni Markoviç töpga çiqişda xatoga yöl qöydi: Mikkels qanotdan böş darvoza tomon zarba berdi – 2:0.
Har qanday seriya qaçondir yakunlanadi. «Lans» yevrokuboklarning muntazam iştirokçisi hisoblanmasa-da, uşbu jamoa 20 yildan buyon xalqaro turnirlarda öz uyidagi uçraşuvlarda ikkita gol ötkazib yubormagandi. YeÇLdagi sönggi uy mağlubiyati esa 1998-yildan buyon qayd etilmagandi. Şu kuni darvozada Risser bölmaaganida, «Sporting» yanada köproq gol urgan bölardi. Birinçi bölimda lissabonliklar kolumbiyalik Luis Suaresning yagona goli bilan kifoyalanişdi, u yetti gol bilan «şerlar»ning asosiy yevrokubokdagi eng yaxşi töpurari bölib oldi. Öyin oxirida esa Andersen Dumbiyani darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi, bu holatda töpga birinçi bölib yetib keliş uçun jarima maydoni taşqarisiga çiqib kelgan Risserda heç qanday imkoniyat yöq edi. «Sporting» qatorasiga ikki ğalabadan keyin peşqadamlar uçligida joylaşgan.
«Leypsig» PSV bilan öyinni kuçli boşladi, ammo vaziyatlaridan foydalana olmadi, bölim örtalarida esa Baku jarima maydoni içida töpni qöl bilan öynagani uçun gol ötkazib yuborişi ham mumkin edi. Ammo Vandevordt Perişiç ijrosidagi penaltidan keyin burçakka ketayotgan töpni qaytardi va «buqalar» jamoasi muxlislarini xursand qildi. Ikkinçi bölimda esa Gruda jarima maydonidan qaytib çiqqan töpga zarba berib, öyinning ikkinçi qahramoniga aylandi. Uning aniq zarbasi «Leypsig»ning ğalabasi va klub rekordi örnatilişini taʼminladi (jamoa barça turnirlar doirasida qatorasiga töqqizinçi uy öyinida ğalaba qozonmoqda, şundan qatorasiga tört öyinda darvoza daxlsizligi saqlab qolingan).
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi