Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani Ostonada bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti va Islom hamkorlik taşkilotining fan va texnologiyalar sammitlarida iştirok etadi. Bu haqda Qozoğiston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.
6 mart kuni Ğani Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qilgan. Ostonadagi ŞHT sammiti 8-9 iyun kunlari, Islom hamkorlik taşkiloti sammiti esa 10-11 sentabrda ötkaziladi.
Afğoniston prezidenti bu sammitlarda iştirok etişini tasdiqlagan.
Tomonlar muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilişgan. Yetakçilar Afğoniston prezidentining 2015 yil noyabrda Qozoğistonga taşrifi natijalariga köra erişilgan kelişuvlarning amalga oşirilişidan qoniqiş bildirişgan.
Şuningdek, ikki davlat yetakçisi Qozoğiston va Afğoniston örtasida örnatilgan diplomatik munosabatlarning 25 yilligi bilan bir-birlarini tabriklaşgan.
Ayni vaqtda ŞHTga Özbekiston, Qozoğiston, Rossiya, Xitoy, Qirğiziston va Tojikiston kiradi. 2016 yilda Özbekistonda ötgan sammitda taşkilotga Hindiston va Pokistonning kiritilişi böyiça memorandum imzolangan. Afğoniston ayni vaqtda ŞHTda kuzatuvçi davlat hisoblanadi.












