Bentley kompaniyasi EXP 12 Speed 6e kontseptual rodster (oçiq ikki örinli kuzovli avtomobil)ni taqdim etdi. U butunlay elektr kuç qurilmasi bilan jihozlangan. Nusxaning ilk namoyişi Jyenevadagi avtosalonda ötkazilgan.

Bentley EXP 12 Speed 6e kuç imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotni keltirmadi. Kompaniyadan ta'kidlanişiça, prototip akkumulyatorlarni simsiz quvvatlantiriş tizimiga ega. Kontsept-karning yuriş zaxirasi Londondan Parijga (taxminan 500 kilometr) yoki Milandan Monakoga (taxminan 400 kilometr) boriş uçun yetarli.

Şuningdek nusxa boşqariluvçi elektronikaning alohida işlaş rejimi bilan jihozlandi, u tezlikni ança keskinlik bilan oşiriş imkonini beradi. U rul ğildiragi xordi böyiça yuqori qismda joylaşgan tugmaçani bosiş orqali faollaştiriladi. Aynan öşa yerda şaharda harakatlanişda tezlikni çeklaş tizimini faollaştiriş klavişlari ham joylaşgan.

EXP 12 Speed 6e’ning markaziy konsoli bukilgan sensorli OLED-displeyga ega. Uning yordamida haydovçi va yölovçi avtomobildagi köplab funksiyalarni boşqarişi mumkin. Masalan, köngiloçar majmua, iqlim nazorati yoki navigatorni.

Bentley EXP 12 Speed 6e intererini bezaşda teri, mis, şuningdek daraxtdan foydalanildi.

Bentley EXP 12 Speed 6e’ning seriyali nusxasi çiqarilişi haqida heç qanday ma'lumot bermadi. Avtomobil işlab çiqaruvçisining ta'kidlaşiça, yaqin yillarda barça modellarning gibridli modifikatsiyalari paydo böladi. Birinçisi 2018 yilda Bentayga yöltanlamasi böladi.