Dunyoning eng yaxshi mamlakatlari nomi e'lon qilindi

US News & World Report jurnali dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingini e'lon qildi. Mamlakatlar to‘qqiz mezon bo‘yicha baholandi: turizm sanoati, innovatsiyalar, ijtimoiy soha, madaniyat rivoji, iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari, biznes uchun ochiqlik, aholi turmushining umumiy darajasi, jahon sahnidagi kuchi va nufuzi, tarixiy meros. Mazkur reyting usnews.com saytida taqdim etildi.
80 mamlakatni o‘z ichiga olgan reytingda birinchi o‘rinni Shveytsariya egalladi. Undan keyingi, ikkinchi o‘rin Kanadaga nasib etdi. Uchinchi o‘rinda Buyuk Britaniya nomi qayd etildi.
Reytingdagi to‘rtinchi pog‘ona Germaniya, beshinchi o‘rin Yaponiya va oltinchi o‘rin Shvetsiya tomonidan band qilindi. Keyingi o‘rinlarda tartibga ko‘ra AQSh, Avstraliya, Fransiya, Norvegiya, Niderlandiya, Daniya, Finlyandiya, Yangi Zelandiya va Singapur mamlakatlari nomi qayd etildi.
MDH mamlakatlari orasida Rossiya 27-o‘rin, Ozarboyjon 69-o‘rin, Belarus 70-o‘rin, Qozog‘iston 71-o‘rin va Ukraina 73-o‘rinni egallagan.
Dunyoning eng yaxshi 80 mamlakati reytingining so‘nggi o‘rinlarida Jazoir, Eron va Serbiya qayd etilgan.
Jahon sahnidagi qudrati va nufuziga ko‘ra, ilk uch o‘rinda AQSh (1), Rossiya Federatsiyasi (2) va XXR (3) nomlari keltirilgan.
Iqtisodiyotning o‘sish sur'atlari bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari (1), Singapur (2) va Hindiston mamlakatlari yetakchilik qilmoqda.
O‘tgan yilgi reytingda 60 mamlakat nomi qayd etilgan edi, bu yilgisida esa - 80 mamlakat.
Reyting US News & World Report tomonidan BAV Consulting kompaniyasi hamda Pensilvaniya shtati universiteti hamkorligida tuzilgan. U 36 mamlakatdan 21,3 ming kishi orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga asoslangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
O‘zbekiston | 14:57
-
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi
Jahon | 14:36
-
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:27
-
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22
Mavzuga oid

14:36
Rossiya Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga MDH davlatlari orasida eng kam mukofot puli to‘laydi

14:22
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?

13:31
Rossiya va Xitoy strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi

12:41