Google Play Store dökonining beş yilligi munosabati bilan eng ommabop mobil ilova va öyinlar röyxatini tuzib çiqdi. Bu haqda Mashable xabar bermoqda.
Birinçi ikki örin kutilganidek Facebook va Facebook Messenger’ga nasib etdi, uçinçi poğonani esa Pandora Radio internet-radiosi egalladi. Röyxatning törtinçi va beşinçi örinlaridan Instagram va Snapchat joy oldi.
Eng ommabop öyinlar röyxati ham alohida tuzilgan – birinçi beş örin Candy Crush Saga, Subway Surfers, Temple Run 2, Despicable Me va Clash of Clans’ga nasib etdi.












