Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning navbatdagi safari Buxoro viloyatiga böladi. «Kun.uz» saytining viloyat hokimligidagi manbasi tasdiqlaşiça, uşbu safar joriy haftada amalga oşiriladi.
Olingan ma'lumotga köra, ayni vaqtda Buxoroda uşbu taşrifga tayyorgarlik körilmoqda. Taşrif kunlari aniq aytilmadi, ammo bu safar 9-10 mart kunlari amalga oşirilişi mumkin.
Özbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonga taşrifini amalga oşirib, qaytib kelgan.
Ayni vaqtda taşrifga tayyorgarlik doirasida Buxoroga poytaxtdan amaldorlar yetib borişgan.
Ötgan yilning dekabrida ötkazilgan prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan Şavkat Mirziyoyev vazifasiga kirişganidan söng viloyatlar böylab taşriflarini amalga oşira boşladi. U şu vaqtgaça Xorazm, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida böldi va hududlarda amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
An'anaga köra u Buxoroda ham yirik sanoat obektlariga taşrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oşirilişi jarayoni bilan tanişişi kutilmoqda.

















