Surxondaryo viloyatida Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazining viloyat filiali taşkil qilinadi. Bu haqda «Kun.uz» saytiga Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uşbu filial zamonaviy davolaş-diagnostika asbob-uskunalar bilan jixozlangan 40 örinli va 10ta «Sun'iy buyrak» apparati mavjud bölgan gemodializ bölimiga ega böladi.

Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazi direktori Farhod Oqilovning ma'lumot berişiça, Surxondaryoda urologiya xizmati viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi urologiya va tuman tibbiyot birlaşmalaridagi xirurgiya bölimlarida taşkil etilgan. Qayd etilgan tibbiyot maussasalarining moddiy-texnika bazasi past darajada bölib, faoliyat körsatayotgan kadrlar malakasi zamonaviy talablarga javob bermaydi. Şu sababli 2016 yil Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazida davolangan 27000 nafardan ortiq bemorning 2711 nafari (10 foizdan ziyodi)ni Surxondaryo viloyatidan kelgan bemorlar taşkil etdi. Ularning aksariyati, kasallikning asoratlangan davrida murojaat qilgan.

«Hozirgi kunda viloyatda urologik va gemodializ yordami sifatini oşiriş, undan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş, urologik yordamning barça bosqiçlarida faoliyat körsatayotgan tibbiyot xodimlarining salohiyatini oşiriş, şuningdek, asoratlangan urologik kasalliklar tufayli yuzaga kelgan buyrak yetişmovçiligining oldini oliş va ölim körsatkiçlarini kamaytiriş maqsadida Respublika ixtisoslaştirilgan urologiya markazining Surxondaryo viloyat filialini taşkil qiliş rejalaştirilmoqda», deyilgan xabarda.

Şu bilan birga, yuqori malakali mahalliy kadrlar maktabi yaratilişi hisobiga, aholiga ixtisoslaştirilgan yordam körsatiş, urologik kasalliklarni erta bosqiçda aniqlaş imkoni paydo böladi.