7 mart kuni rossiyalik xonanda Timati xususiy samolyotdan olingan suratni taqdim etdi: uning sözlariga köra, laynerga uni Ramzon Qodirov taklif qilgan. Biroq keyinçalik Timati heç qanday tuşuntirişsiz suratni öçirib taşladi.

Instagram’da öçirib taşlangan surat anonsi Timatining Tvitter’dagi sahifasida qolgan. Siyosatşunos Anna Vellikok uning yozuvi skrinşotini saqlab qöygan.

Keyinçalik xonanda “kadrlar ortidagi barça narsa, hayotining bir yili boşqalarning uç yillik umri bilan bir xilda” keçganini aytib ötmoqçi ekani, biroq bunga imkoni yöqligi haqidagi sirli yozuvni e'lon qildi.

Qodirovning Instagram’dagi sahifasida esa sönggi kunlarda Timati haqida heç qanday izohlar qoldirilmagan. Timati Çeçeniston rahbarining samolyotida olingan suratdan bir neça kun avval Instagram’da @Kremlin_Russian, @Putin_Leader, @Russia_President_ va @Putin_Forever kabi nomlarda sahifa yurituvçi “rossiyalik blogerlar” bilan uçraşgan.

Timati Qodirov bilan yaqindan muloqot qiladi va buni bir neça bor alohida ta'kidlab ötgan. 2013 yilning iyunida u Çeçeniston rahbarining yoniga birga nonuşta qiliş uçun vertolyotda borgani bilan maqtangandi – keyinçalik blogerlar vertolyot jangovar ekanini aniqlaşdi. 2014 yilning noyabrida Qodirov Timatiga Çeçenistonda xizmat körsatgan artist unvonini berdi.