Smart Rearview Mirror – Xitoyning Xiaomi kompaniyasi tomonidan yaratilgan aqlli közgu bölib, u yengil avtomobillar haydovçilariga yaxşi kömakdoşdir. Qurilmada datçik (qabul qiluvçi va uzatuvçi qurilma)lar va yöl harakatini qayd etib boruvçi, videoyozuv hamda ehtimoliy töqnaşuvlardan ogohlantiruvçi kamera mavjud. Bu haqda «TexnoRevolyutsiya» naşri xabar berdi.
Gadjyet 8,88-dyuymli Full HD-kenglikka ega va 16,7 million rangni taqdim eta oluvçi közguli ekrandan iborat. Şuningdek u GPS/Glonass modullari, 4G LTE, Wi-Fi va Bluetooth, olti linzali 160-darajali tasvirni qamrab oluvçi Full HD-kameraga ham egadir.
Smart Rearview Mirror tomonidan olingan videomaterial smartfondagi firma tomonidan işlab çiqarilgan ilovaga kelib tuşadi hamda u yerda uni saqlaş, köriş, tahrir qiliş va döstlarga yuboriş imkoni bor. Yöl-transport hodisasi qayd etilgan taqdirda yozuvni dalil-isbot tariqasida işlatiş ham mumkin.
Hozirça bu yangilikni Xitoyning kraudfanding servisida 145 AQŞ dollariga buyurtma qiliş mumkin.












