Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada O‘zbekiston BMTga a'zo bo‘lganining 25 yilligi nishonlanmoqda
Jyenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va boshqa xalqaro tashkilotlarning 34-sessiyasi maydonlarida O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo‘lganining 25 yilligiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Tadbirda qator xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, akademik va ekspertlik doiralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Bu haqda "Jahon" axborot agentligi xabar bermoqda.
Brifingda inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov hisobot bilan chiqish qildi. Ishtirokchilar e'tiboriga mamlakatda siyosiy, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi tizimli va bosqichma-bosqich islohotlar haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi. Ular O‘zbekistonning BMT muassasalari bilan inson huquqlari sohasidagi hamkorligi asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.
Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan tanishishdi. Shuningdek “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining taqdimoti ham o‘tkazildi.
Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasi rahbariyati Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili doirasida O‘zbekistonda qabul qilingan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi. O‘zbekistonga inson huquqlarini himoya qilish, ta'minlash va qo‘llab-quvvatlash sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklari bildirildi.
Jyeneva Diplomatik doirasi prezidenti Robert Blum mamlakatda xalq farovonligini oshirish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan islohotlarga ijobiy baho berdi. Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, bularning barchasi mustaqillik yillarida qonun ustuvorligi asosida o‘rnatilgan ochiq va barqaror siyosiy tizim tufayli amalga oshgan.
R.Blumning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda iqtisodiyot, sanoat sektorini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, transport-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, o‘rta va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlashda tizimli islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
- Mamlakat belgilangan maqsad – rivojlangan demokratik davlatlar orasida munosib o‘rinni egallash, siyosiy va iqtisodiy tizimlarni yaxshilash, xalqning erkin va farovon hayotini ta'minlashga izchil harakat qilmoqda
Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari ham O‘zbekiston va XMTning o‘zaro qo‘shma harakatlari tufayli mehnat sohasidagi asosiy prinsiplar va huquqlarni ilgari surishda ancha yaxshi natijalarga erishilganini bildirishdi.
Ta'kidlanishicha, XMT O‘zbekiston delegatsiyasi joriy yilning iyun oyida o‘tkaziladigan Xalqaro mehnat anjumanining 106-sessiyasida ishtirok etishini kutmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
15:48 / 10.06.2026