Turkiya diplomatik pasportlariga ega bir necha kishi Shveytsariyadan boshpana so‘rashdi, deb yozmoqda Tages-Anzeiger nashri.

Boshpana so‘raganlarning aniq soni ma'lum qilinmagan. Ikki davlat hukumatlari hozircha izohlar berishdan tiyilmoqdalar.

Turkiyada 2016 yil 16 iyulga o‘tar kechasi harbiy isyonchilar guruhi davlat to‘ntarishi amalga oshirishga uringandi.