Italiya hukumati Apenninda salmoqli köçmas mulkka ega badavlat xorijliklar uçun 100 ming yevro miqdorida yillik soliq joriy qiladi. La Stampa gazetasining payşanba kuni çop etgan maqolasi mazkur qaror haqida ma'lum qildi.
Naşrda ta'kidlanişiça, uşbu ğoyaning maqsadi mamlakatga katta xorijiy kapitallarni jalb qiliş hisoblanadi. Bu strategiya Matteo Rentsi boşçiligidagi sobiq ma'muriyat tomonidan Italiya iqtisodiyoti, biznes va birjasini mustahkamlaş maqsadida qabul qilingan. Italiya tomon Buyuk Britaniyaning Yevroittifoq tarkibidan çiqişi badavlat sarmoyaçilarning mamlakatdan "qoçişi" ehtimolini inobatga olgan. La Stampa salohiyatli tölovçilar orasida Sting (Toskanada köçmas mulkka ega) va Jorj Kluni (Komo orolida köçmas mulki bor) kabi maşhur aktyor va qöşiqçilar, şuningdek rossiyalik oligarxlar nomlarini qayd etadi.
Manbaga köra, Apenninda turar-joy röyxatidan ötgan inson öz daromadlari haqida Italiya hukumatiga hisobot berişi kerak böladi. Soliq aynan Italiyada töplangan mulkka nisbatan belgilanadi, boşqa mamlakatlarda qölga kiritilgan daromadlar bundan mustasno. Aniqlik kiritilişiça, 100 ming yevro tölaş uçun mulkdorning umumiy moliyaviy ahvoli 15-20 milliondan oşişi kerak.
Hukumat paketida şuningdek Italiyaga mutaxassislarni jalb qilişga qaratilgan boşqa nizomlar ham kiritilgan. Xususan, qaçonlardir xorijga işlaş uçun ketgan olim va tadqiqotçilar vatanga qaytiş istagini bildirgan taqdirda, ulardan 90 foiz kamroq soliq undiriş, muvaffaqiyatli faoliyat yurituvçi menejyerlar soliğini ikki barobarga qisqartiriş, şuningdek kamida 1 million yevro sarmoya kirituvçi işbilarmonlarga muddatsiz viza beriş taklif qilinmoqda.












