Bugun, 9 mart kuni Toşkent şahridagi kafelardan birida yonğin çiqdi. Toşkent şahar IIBB Yonğin xavfsizligi xizmatining Kun.uz saytiga ma'lumot berişiça, Mirobod tumani, Yangi zamon köçasi 2-uyda joylaşgan Enter Business MJÇga qaraşli "Beşçinor" kafesida yonğin sodir bölgan.
"2017 yilning 9 mart kuni soat 08:48da Toşkent şahar IIBB YoXB Markaziya dispetçerlik xizmatiga Mirobod tumani, Yangi Zamon köçasi 2-uyda joylaşgan Enter Business MJÇga qaraşli "Beşçinor" kafesida yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşdi", deyiladi xabarda.
Körsatilgan manzilga 4ta jangovar yonğin öçiriş avtoekipajlari yöllangan.
Jangovar ekipaj şaxsiy tarkibi amalga oşirgan tezkor harakatlar natijasida soat 09:12da yonğin butunlay öçirilgan.
Uşbu yonğin oqibatida kafening oşxonasi va tom qismi 80 kv.metr maydon zararlangan.
Ayni vaqtda yonğin sababi va talofatlar aniqlanmoqda.













