Janubiy Koreya prezidentlik saylovlarining taxminiy muddati ma'lum qilindi
10 mart kuni Koreya Respublikasi Konstitutsion sudi (KR KS) prezident Pak Kin Xe impichmentini qo‘llab-quvvatlasa va uni iste'foga chiqarsa, u holda ikki oydan so‘ng muddatidan avval o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi haqida e'lon qilinadi. Ehtimolga eng yaqin muddat sifatida 9-may keltirilmoqda. Bu haqida "Rossiyskaya gazeta"da xabar berildi.
Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 11:00da KR Konstitutsion sudi mamlakat yetakchisiga nisbatan parlament hukmini e'lon qiladi. Ovoz berish jarayonida sakkiz sudya ishtirok etadi. Agar olti va undan ko‘p kishi impichmentni qo‘llab-quvvatlasa, u holda Pak darhol hukumatdan chetlashtiriladi va muddatidan avvalgi saylovlar e'lon qilinadi. Agar uch yoki undan ko‘p kishi impichmentga qarshi chiqsa, u holda Pak darhol o‘z vakolatlari ijrosiga qaytariladi. Saylovlar esa, rejaga muvofiq, joriy yilning 20-dekabrida o‘tkaziladi, prezidentlik muddati 2018 yilning fevralida tugaydi. So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, koreyaliklarning 77 foizi - Pak Kin Xening o‘z lavozimini muddatidan avval tark etishi tarafdori.
Shunday bo‘lgan taqdirda, qonunga ko‘ra, muddatidan avvalgi saylovlar prezident iste'fosidan keyingi 60 kun ichida o‘tkazilishi lozim.
So‘rovnomaga ko‘ra, mazkur saylovlarda "Toburo" muxolifat Demokratik partiya yetakchilaridan biri Mun Chje Inning g‘olib bo‘lish imkoni yuqori baholanmoqda.
Mavzuga oid
09:50 / 01.11.2024
AQSh Janubiy Koreyani yadro quroli bilan himoya qilishga tayyor
23:41 / 25.10.2024
KXDR Rossiyaga ikkinchi guruh harbiylarini yuborishga tayyorlanmoqda - Bloomberg
15:22 / 25.10.2024
Janubiy Koreya hukumati aholini yolg‘izlikdan qutqarish uchun 327 mln dollar sarflashni rejalashtirmoqda
19:43 / 22.10.2024