Özbekiston milliy jamoasi FIFAning navbatdagi xalqaro kunlari doirasida, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyinida maydonga tuşadi.
Uçraşuv koreyslar maydonida bölib ötadi.
Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga köra, Fabio Kannavaro boşçiligidagi milliy jamoa oktyabr oyida bir qator örtoqlik uçraşuvlarini ötkazişi rejalaştirilgan. Janubiy Koreya bu davrdagi ilk raqib böladi.

Öyinning aniq boşlaniş vaqti va ötkaziliş joyi hozirça ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarşi 1997 yildan buyon ötkazilgan 13 ta öyinda (şundan faqat uçtasi örtoqlik öyinlari) biror marta ham ğalaba qozona olmagan: 9 mağlubiyat va 4 durang. Töplar nisbati – koreyslar foydasiga 29:12.
Xususan, 2018 yilda ötkazilgan sönggi özaro öyinda (örtoqlik uçraşuvi) özbekistonliklar 0:4 hisobida yutqazgan.
Özbekistonning törtta duranggidan bittasi 2015 yilgi örtoqlik uçraşuvida (1:1), qolgan uçtasi JÇ-2006 saralaşi (1:1), JÇ-2014 saralaşi (2:2) va JÇ-2018 saralaşi (0:0) öyinlarida qayd etilgan.
FIFAning hozirgi reytingida Özbekiston 60-örinda qayd etilgan, Janubiy Koreya esa 32-örinni egallab turibdi. Osiyo jamoalari orasida Özbekiston yettinçi, Janubiy Koreya törtinçi poğonada.












