Danğaralik Mahmudxöja aka turmuş örtoği bilan maslahatlaşib, qörasidagi qöylardan ikkitasini bozorda sotadigan böldi. Şu maqsadda keçasi ikkilarda qöylarini yetaklab, Pop tumanidagi mol bozoriga yöl oldi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

Mahmudxöja aka tungi uçlarda kirib kelganida bozor avjida edi. Bir-ikki sörab keluvçilardan keyin qöylarga ikki yoş yigit xaridor böldi.

-  Qança sörayapsiz, amaki? – dedi ulardan biri.

-  Beş yuz mingdan deyapmiz, sörayverasiz-da, öğlim.

-  Amaki, dangalini aytaman, ikkoviga 700 ming beraman, - yigit şunday degança Mahmudxöja akaning qölini siqib siltay boşladi. – Baraka topayinmi?

-  Yöq, bölmaydi.

-  Ha, deng, amaki, baraka topay...

Biroz ötgaç, 800 ming sömga savdolaşildi. Yigitlar kelişilgan summani taxi buzilmagan 5000 sömlik kupyuralarda berib, qöylarni yetaklagança ketişdi. Mahmudxöja aka esa pullarni yirik kupyurada olganiga xursand bölib, bozor-öçar qilişga kirişdi. Lekin birinçi dökondayoq uning xursandçiligidan asar ham qolmadi. Sotuvçi u bergan pullarni bir-ikki aylantirib körib, öziga qaytarib berdi:

-  Amaki, pullaringiz qalbaki-ku!

-  Nega qalbaki böladi? Hozirgina sotgan qöylarimning pullari bu.

-  Unda sizni çuv tuşirişibdi. Qarang, hammasining raqami bir xil.

Mahmudxöja aka pullarni olgança tezda mol bozoriga yugurdi. Biroz oldin sotgan qöylari va ularni sotib olgan yigitlarni izladi, lekin...

Yarim tun. Şirin uyquda yotgan Anvar ilkis uyğonib ketdi. Boşini kötarib, sukunatga quloq tutdi. Taşqaridan kimningdir ovozi eşitildi. Yelkasiga çoponini taşlab eşikka çiqqanida yonilği idiş kötargan bir yigit turardi.

-  Assalomu alaykum, aka! Keçirasiz, keç bölganda bezovta qildik, - yigit şunday degança mulozamat qildi.

-  Heçqisi yöq.

-  Aka, taşqariga osib qöyilgan baklajkani körib, şu yerda benzin sotilsa kerak, deb töxtagandik.

-  Ha, benzin bor. Qança olasiz.

-  20 litrça kerak edi.