Janubiy Koreyada impiçment orqali lavozimidan çetlatilgan ilk prezident bölgan Pak Kin Xe bugun kun oxiriga qadar prezidentlik saroyini tark etişi kerak. Bu haqda NHK telekanalida xabar qilindi.
Bugun Koreya Respublikasi konstitutsion sudi Parlament tomonidan ötgan yilning 9 dekabrida e'lon qilingan impiçmentni ma'qullab, prezidentni lavozimidan çetlatdi. Endi Koreyada 60 kun içida muddatidan oldin prezident saylovi bölib ötadi.
Prezident korruptsion mojaroga aralaşib qolgani tufayli lavozimini tark etişga majbur böldi.
Prokuratura uning daxlsizlik huquqi tufayli unga nisbatan jinoiy iş oça olmasdi.
Endilikda Pak Kin Xe sobiq prezidentlarga beriladigan barça imtiyozlardan: maoşining 70 foizi miqdoridagi umrbod pensiyadan (12 mln von yoki 10,4 ming dollar), uç nafar yordamçi, şaxsiy haydovçi va davlat şifoxonalarida bepul tibbiy xizmatdan mahrum böladi.
Şuningdek, u jinoiy ta'qib qiliniş immunitetidan mahrum böladi. Bu esa Janubiy Koreya prokuraturasiga uni köp masalalar böyiça söroq qiliş imkoniyatini beradi.












