Uchtepa tumanida profilaktika inspektori pora olishda qo‘lga olindi
O‘zbekiston IIV maxsus guruhi Toshkent shahar Uchtepa tumani ichki ishlar bo‘limida faoliyat yurituvchi profilaktika nozirini yirik miqdorda pora olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga oldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev matbuot brifingida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, profilaktika inspektori “Jizzax Siti” kafesida qoidabuzarlik qilgan jinoyatchini qo‘lga olgach, unga nisbatan ochilgan ishni “yopdi-yopdi” qilish uchun 700 ming so‘m miqdorida pora talab qilgan. Olib borilgan tezkor tadbir natijasida nopok militsiya xodimi pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan birga qo‘lga olingan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda.
Doniyor Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, ichki ishlar huzuridagi maxsus guruh tomonidan shu kabi militsiya safiga adashib kirib qolgan, xalq manfaatidan o‘z manfaatini ustun qo‘yuvchi hamda vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanuvchi bu kabi “xodimlar”ni aniqlash va ularni jinoiy jazoga tortish bo‘yicha harakatlar davom ettiriladi.
Xususan, shunday tadbirlardan birida Sergeli tumanida ham giyohvand moddalar iste'mol qilayotganlar ushlangan. Bu hodisaning e'tiborli tomoni shundaki, qo‘lga olinganlarning uchchalasi ham ichki ishlar organlari xodimlari bo‘lgan. Biri nafaqaga chiqqan, qolgan ikki nafari profilaktika nozirlari bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:30 / 24.09.2024
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
17:40 / 23.09.2024
O‘zgartirilgan hukm va sud zalidan ozodlik – “yasama jinoyat”da ayblangan ayol ochiqqa chiqdi
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024