Matbuotda 2011 yil mart oyida Yaponiyada yuz bergan kuçli zilzila oqibatida avariya yuz bergan Fukusima atom stansiyasi atrofidagi hududda izğib yurgan tönğizlar surati çop etildi.

Tönğizlar avariyadan keyin aholi evakuatsiya qilinişi oqibatida kimsasiz qolgan bu hududlarga yaqin oradagi toğlardan tuşib kelgan va oxirgi yillar katta miqdorda köpayib ketgan. Ular oziqa topiş maqsadida uşbu hududdan taşqariga çiqib ketmoqdalar.

Yaponiya hukumati mart oyi oxirida stansiya yaqinidagi bir qator aholi punktlariga aholining yana qaytişiga ruxsat bermoqçi. Ayni vaqtda mahalliy hokimiyat hududni tönğizlardan tozalaş böyiça iş olib bormoqda, deb xabar bermoqda Mirror naşri.

Bu maqsadda maxsus tayyorlangan ovçilar brigadasi jalb qilingan bölib, ular tönğizlarga qopqon qöyiş va söngra ularni otiş bilan şuğullanişmoqda. Bunday brigadalardan biriga hamrohlik qilgan fotosuratçi Toru Xanai yovvoyi jonzotlarning bir neçta suratlarini olişga muvaffaq böldi.

Oxirgi yil davomida ovçilar 300 dan köproq tönğizni yöq qilişgan. Ta'kidlanişiça, bu iş aholi uylariga qaytgandan keyin ham davom ettiriladi.